Namanganda vodiy derbisi kutmoqda. Jamoalarning statistikasi qanday?

  • 26 mart, 12:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

28 mart oqshomida barchamizning e’tiborimiz Namanganda o‘tadigan vodiy derbisiga qaratilishi shubhasiz. Turning markaziy uchrashuviga har doimgidek ortiqcha afishaning ham hojati yo‘q.

Tecno

Barchaga ma’lumki, har qanday vaziyatda ham “Navbahor” va “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv anshlag holatda, jiddiy qarama-qarshilik ruhi ostida o‘tadi.

O‘tgan yilgi “dahshatli” o‘yinlar barchaning yodida ekanligi tabiiy. O‘zbekiston Kubogining unutilmas finali bunga yorqin misol bo‘la oladi.

2024 yilgi mavsumda “Andijon” Kubokdagi betakror g‘alabadan tashqari Superliga doirasida ham muxlislarini xursand qila olgan. “Bobur arena”dagi bellashuvda “Navbahor” 3:0 hisobida taslim etilgan bo‘lsa, Namangandagi bahsda jangovar durang kuzatilgan – 3:3.

Hisob bo‘yicha “Navbahor” va “Andijon” klublari milliy chempionatimizda 56 bor kuch sinashishgan. Namanganliklarda 27, andijonliklarda esa 13 g‘alaba bor. Yana 16 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 80-57 “Navbahor” foydasiga.

“Andijon” Namangandan 2021 yilgi mavsumda 0:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan va hozircha bu “Burgutlar”ning “Navbahor” maydonidagi yagona muvaffaqiyati bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Andijon” bellashuvi 28 mart kuni, Namangandagi “Markaziy” stadionda soat 19:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
26/03/2025 17:09
Иншооллох Навбахор галаба козонади, камида 2-0 булиши керак, утган йилги маглубият реванши.