
Nainggolan "Roma"ga qaytish uchun Tottidan yordam so‘radi?!
“Roma” afsonasi Franchesko Totti belgiyalik sobiq jamoadoshi Raja Nainggolan bilan suhbatlashdi.
Totti: “Roma”ga qaytishni xohlaysanmi?
Nainggolan: Sen meni olasanmi?
Totti: E-e, men endi u erda emasman...
Nainggolan: Men sening bog‘boning bo‘lishim mumkin edi (kuladi).
Eslatib o‘tamiz, Nainggolan 2014-2018 yillarda “Roma” sharafini himoya qilgan. U hozir "Inter" futbolchisi hisoblanadi, ammo mavsumni "Kalyari"da ijarada o‘tkazmoqda.
Fikrlar