Nahotki!? "Dinamo" "Bunyodkor"ni atigi bir marta mag‘lub eta olgan

  • 28 avgust, 2022, 15:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 17-turining e’tiborli uchrashuvlaridan biri Samarqandda "Dinamo" hamda "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mazkur klublar milliy birinchiligimiz tarixida o‘zaro bugungacha 23 marta to‘qnash kelgan. Bugungi o‘yin 24-to‘qnashuv sifatida tarixda qoladi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi statistikasi "Bunyodkor" ustunligini ko‘rsatmoqda. Toshkentliklar 19 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. "Dinamo" ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag‘lub etgan – 2014 yilda Toshkentda Azamat Bobojonovning 90+4-daqiqada kiritgan goli evaziga. Samarqandda esa hozircha mag‘lub eta olmagan.

To‘plar nisbatida ham ustunlik "Bunyodkor" tomonida - 46:13. O‘zaro o‘yinlarda "Dinamo" 6, "qaldirg‘ochlar" esa 60 ochkoni qo‘lga kiritgan.
poytaxt klubining o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0 ga teng. Samarqandliklarning yagona g‘alabasi – 1:0.

Ma’lumot o‘rnida, "Dinamo" jamoasi Superliga 16-turidan keyin 7 ochko jamg‘argan holda 14-o‘rinni egallab turibdi. "Bunyodkor" esa 17 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!