MYuning asosiy tarkib futbolchilari jarohat olishdi

  • 25 noyabr, 2020, 14:27
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida "Istanbul"ga qarshi o‘yinda ikkita futbolchi jarohat olgani haqida ta’kidlab o‘tdi.

"Viktor Lindelyof umurtqasida og‘riq sezganligi uchun zaxiraga olindi, Aaron Van-Bissakaning esa to‘pig‘i lat egan. Ular chempionat o‘yinlarigacha tiklanib olishlariga umid qilaman",  - deydi Sulsher.

Shvetsiyalik himoyachi ikkinchi taymning boshidayoq, Aksel Tuanzebega almashtirildi, qanot himoyachisi esa 59-daqiqada o‘z o‘rnini Brandon Uilyamsga bo‘shatib berdi.

"Manchester Yunayted"ning keyingi bahsi APL 10-turi doirasida "Sautgempton"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!