MYuda nimalar bo‘lmoqda yoxud Ten Xag va futbolchilar orasida paydo bo‘lgan nizo haqida

  • 6 dekabr, 2023, 16:47
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni yomon kayfiyatda o‘tkazayotgan "Manchester Yunayted"ning bosh murabbiyi Erik Ten Xag ayrim futbolchilarning ishonchini yo‘qotmoqda.
Insayder Samuel Lakxuerstning so‘zlariga ko‘ra, ichkarida ahvol juda yomon. Ayrim xodimlar yangi futbolchilarning tashrifidan biroz tashvishda. Xullas, mavsumni qutqarib qolish uchun harakat ketmoqda, lekin undan oldin bir narsa hal qilinishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Erik Ten Xag endi klubni qabul qilib olganida rahbariyat tomonidan unga Ralf Rangnik bilan birga ishlashni, germaniyalik mutaxassis unga transfer ishlarida yordam berish mumkinligi aytiladi. Lekin bosh murabbiy buni rad qilib, jamoaga kim kelib, kim ketishini o‘zi hal qilishini aytgan. Ammo bugungi kunga kelib, uning ixtiyori bilan olib kelingan futbolchilar haqida savollar ko‘paymoqda. Ayniqsa, Rasmus Xoylundning 72 million funt sterlingga sotib olinishi klub ichkaridagilarni ham tashvishga soldi. Bu murabbiyning ishonchni yo‘qotishiga ilk sababdir. Faqatgina Xoylund emas, balki Meyson Maunt, Vaut Vegxorstlarning transferlari ham hayratlanarli bo‘lgani aytilmoqda.

"Nyukasl Yunayted" - "Manchester Yunayted" - Premer-liga

Unga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi faqatgina transferlar bilan bog‘liq emas. Ten Xagning "Ayaks" bilan erishgan yutuqlari, uning jamoasi ko‘rsatgan o‘yiniyu, taktikasi haqida ko‘p gapirishadi. Uning taktikasi orqali "Manchester Yunayted" zafarlar quchishiga ishonilgandi. APL doirasida bo‘lib o‘tgan "Brayton"ga mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda niderlandiyalik mutaxassis to‘satdan taktikani o‘zgartiradi va bundan futbolchilar hayratga tushadi.

Bilamizki, Ten Xag qattiqqo‘l murabbiylardan biri. U Krishtianu Ronaldu, Jeydon Sancho kabi futbolchilarni klubdan ketishiga qaysidir ma’noda sababchi bo‘ldi. Bunday ishlar "Ayaks"da ham bo‘lgan. Oddiy misol, bir marta Devid Neres murabbiyga uning sochlari haqida aytgan gaplari uchun vingerni mashg‘ulotlardan vaqtincha chetlashtirgan. So‘nggi paytlarda uning bir xil tanqidlaridan futbolchilar charchagan. Ma’lum bo‘lishicha, mutaxassisdan norozi o‘yinchilar Ten Xagning o‘z "yoqimtoylari" bor, deb hisoblashadi. O‘zlarini esa har doim tanqid qilinishlaridan hafsalasi pir bo‘lmoqda.

"Kopengagen" - "Manchester Yunayted": "A" guruhi - UEFA Chempionlar Ligasi 2023/24

"Manchester Yunayted"ni oldinda "Chelsi" va "Bavariya" kabi klublarga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Rahbariyat murabbiyga ishonishda davom etishi mumkin, lekin hamma narsaning ham intihosi bo‘ladi. E’tibor beradigan bo‘lsak, so‘nggi paytlarda murabbiylar kiyinish xonasidagi tartibning yo‘qolishidan iste’foga chiqarilgandi. Lui Van Gal, Joze Mourino, Ralf Rangnik, Ole-Gunnar Sulsher shular jumlasidandir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bolelshik
06/12/2023 23:26
Роналду тугри гапирган экан