
MYu yozda "Milan" etakchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Milan" klubi va Turkiya terma jamoasi xavbeki Xakan Chalxanogluni “Old Trafford”da ko‘rmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchini 2021 yilning yozida, ya’ni “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, tarkibga qo‘shib olmoqchi. MYu unga 5 yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.
O‘z navbatida, “Milan” ham Chalxanogluni tarkibda saqlab qolishni xohlayapti, lekin futbolchiga yangi shartnomaning moliyaviy tomonlari ma’qul kelmayapti.
Xakan joriy mavsum “Milan” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar