
MYu yozda ikki nafar futbolchisini sotishga tayyor
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transferlar oynasida ikki futbolchisini sotishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
"Guardian" nashrining xabar berishicha, qishki Alexandro Garnacho va yarim himoyachi Kobbi Maynu "qizil iblislar" safini tark etmagan bo‘lsa-da, bu holat kelgusi yozda yuz berishi mumkin. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli argentinalik futbolchining qiymati 50 million evroni tashkil etadi.
Qo‘shimcha qilib aytish joizki, 19 yoshli ingliz futbolchisi undan 5 million evro qimmatroq baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 24-turdan so‘ng MYu Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 29 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar