
MYu yana uni ijaraga berib yubormoqchi!
"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson yana ijara asosida boshqa klubga yo‘l oladi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, angliyalik posbon qishki transfer vaqtida "qizil ibilislar"ni tark etadi. Xenderson raqobatda De Xeaga yutqazib qo‘ydi. MYu keyingi bir yarim mavsumda zaxira darvozabonidan foydalanmoqchi emas.
Avvalqro, Din xizmatiga "Nyukasl" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsum darvozabon APL doirasida birorta o‘yinga maydonga tushmadi. Uning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar