
MYu va "Vest Xem" "Brayton" darvozaboni uchun kurashadi
"Brayton" klubining 23 yoshli darvozaboni Karl Rashvort "Manchester Yunayted" va "Vest Xem" jamoalarining e’tiborini tortdi. Bu haqda "talkSPORT" nashri xabar bermoqda.
Rashvort hali "Brayton" safida rasmiy musobaqalarda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, ijaraga berilgan paytida boshqa klublarni o‘z o‘yini bilan lol qoldirgan. Ta’kidlanishicha, futbolchi yuqorida aytib o‘tilgan jamoalarning asosiy tarkibida o‘ynashga hali tayyor emas, ammo zaxira darvozaboni sifatida foydali bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, u "Brayton"da qolishni xohlamaydi, sababi u bu erda faoliyatining yorqin kelajagini ko‘rmayapti.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Rashvort jarohat tufayli Chempionshipdagi "Xall Siti" klubi safida atigi 3 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol o‘tkazib yubordi va 1 ta o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar