
MYu Turkiya chempionati to‘purari uchun 120 million to‘lashga tayyor
Hozirda ijara asosida "Galatasaroy"da to‘p surayotgan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen, Angliyaning top-klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, nigeriyalik forvardning transferiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqmoqda. Klub rahbariyati Osimhxnni sotib olish uchun "Napoli" talab qilayotgan 120 million evroni to‘lashga tayyor.
Viktor 2025 yilning yozida "Galatasaray" bilan ijara muddati tugagach, yana "Napoli"ga qaytishi kerak.
Joriy mavsum Turkiya chempionatida Osimxen 20 ta gol urdi, ulardan 6 tasi penaltidan kiritilgan.
Fikrlar