
MYu Sancho transferidan voz kechdi. O‘rniga undan zo‘rini olmoqchi
Bir necha mavsum davomida “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni olishga uringan “Manchester ,nayted” rahbarlarining fikri o‘zgardi.
Endi manchesterliklar angliyalik yarim himoyachi o‘rniga “Bavariya” vakili Kingsli Komanni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Kingsli Komanning o‘zi myunxenliklar bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortmoqda. 24 yoshli frantsiyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.
“Bavariya” Koman yangi bitimga rozi bo‘lmagan taqdirda uning narxi tushib ketmasligi uchun shu yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.
“Manchester Yunayted” 24 yoshli futbolchiga haftasiga 200 ming funt berishni taklif qildi. “Bavariya” esa bu maoshni ko‘tara olmaydi. Shu bois, Koman tez orada Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar