MYu Sancho bilan kelishuvga erishdi, ammo...

  • 10 iyun, 2021, 18:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon transfer bozorida anchadan beri amalga oshishi kutilayotgan transfer mojarosi o‘z yakuniga etgandek ko‘rinmoqda. Gap shundaki, Jeydon Sancho faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, mankuniyaliklar rahbariyati angliyalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishib ulgurgan. Endi faqatgina "Borussiya" bilan bitim tuzish talab etiladi.

Xabarlarga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha 21 yoshli futbolchi 2026 yilga qadar "qizil iblislar" libosida harakat qiladi. "Bild" nashri tarqatgan ma’lumotga asosan, bu tomonlar o‘rtasidagi ilk muzokara bo‘ladi. MYu va "Borussiya" Dortmund hali Sancho transferini muhokama qilmagan.

Avvalroq, "asalarilar" o‘z futbolchisini 95 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida aytilgan edi. Jeydon joriy mavsum klub safida 38 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 gol va 20 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!