MYu "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi uchun 80 million taklif qilmoqchi

  • 15 aprel, 16:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

​"Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojers "Manchester United"ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi. 

Tecno

"TodoFichajes" nashrining xabar qilishicha, 22 yoshli ingliz futbolchisi uchun "qizil iblislar" 70 million funt sterling (taxminan 80 million evro) taklif qilishga tayyor. "Transfermarkt" Rojersning hozirgi transfer qiymati 50 million evroga baholamoqda.​

Joriy mavsumda Rojers "Aston Villa" safida 46 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

2024-yil noyabr oyida u Angliya terma jamoasida debyut qilgan va shu kungacha 4 ta o‘yinda ishtirok etgan.​ Aynan noyabr oyida, hujumkor yarim himoyachi Birmingem klubi bilan amaldagi shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan.

Eslatib o‘tamiz, Morgan "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Linkoln Siti", "Blekpul" va "Bornmut" klublarida ijara asosida o‘ynagach, "shaharliklar" safini 2023 yilning yozida tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!