MYu "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgan futbolchini ilib ketmoqchi

  • 5 mart, 00:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yozda Zubimendini qo‘lga kiritmoqchi, deb xabar bermoqda "Givemesport" nashri.

Ruben Amorim boshchiligidagi "qizil iblislar" yozgi transfer oynasida "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Zubimendini tarkibga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Klub jamoani tubdan yangilashni maqsad qilgan va yangi murabbiy Amorimning istaklariga mos tarkibni shakllantirish ustida ishlamoqda.

Manuel Ugarte Amorim qo‘l ostida asosiy futbolchilardan biriga aylangan bo‘lsa-da, MYu yarim himoyani kuchaytirish niyatida. Klub mutasaddilari yozda Kazemiro va Kristian Eriksen bilan xayrlashishi kutilmoqda. Sababi, murabbiy ularning dinamik o‘yin talablariga javob bermasligini ta’kidlagan. Shuningdek, Kobbi Maynuni chuqur yarim himoya rolida o‘ynatish borasida shubhalar mavjud.

Hujum chizig‘ini mustahkamlash manchesterliklar uchun asosiy ustuvorlik bo‘lsa-da, Zubimendi ham transfer ro‘yxatining yuqori qismida turibdi. Klub "Real Sosedad" bilan bo‘ladigan Evropa Ligasi 1/8 finalida ispaniyalik futbolchini yaqindan kuzatmoqchi.

Bundan tashqari, ispaniyalik xavbekga bir necha oydan buyon Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" ham Rodriga o‘rinbosar sifatida jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!