
MYu Maguayrni olib qoladigan bo‘ldi
"Manchester Yunayted" Xarri Maguayrning shartnoma muddatini bir yilga uzaytirish imkoniyatini ishga solmoqda va 31 yoshli himoyachini 2026 yil iyunigacha klubda olib qoladi. Bu haqda "BBC" nashri xabar berdi.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim futbolchining klubdagi taqdiri haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Biz bu imkoniyatni ishga solyapmiz va Xarri bilan hamkorlikni davom ettirishdan mamnunmiz. U etakchi sifatida o‘zini takomillashtirishi kerak. Sababi, biz maydonda etakchilarga ehtiyoj sezmoqdamiz, - dedi Portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.
Fikrlar