
MYu "Liverpul"ning "o‘lja"sini ilib ketmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantarani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida xabar berdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ingliz klubi vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan kelishuvga erishgan. Ammo “qizil iblislar” hozircha Tyagoning transferi bo‘yicha myunxenliklarga rasmiy taklif bilan murojaat qilmagan. Unga esa “Liverpul”dan ham jiddiy taklif bor.
29 yoshli Alkantara “Bavariya” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 235 ta o‘yinda maydonga tushdi va 31 ta gol hamda 37 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar