
MYu ijaraga darvozabon oladi. Trapp o‘tishni xohlamadi
"Manchester Yunayted" "Nyukasl" darvozaboni Martin Dubravkani o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" posbonning ijarasi uchun 5 million evro to‘lashga tayyor. Martin o‘tgan mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Avvalroq, "Ayntraxt" darvozaboni Kevin Trapp mankunianliklar safiga ko‘chib o‘tishni xohlamagandi. MYu Trapp uchun 25 million evro taklif qilgandi.
Fikrlar