MYu hujumchisi jamoada qolmoqchi va raqobatga tayyor

  • 11 avgust, 16:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund o‘z kelajagi borasida aniq bir qarorga kela olmayapti. Yaqinda daniyalik futbolchi "Milan"ga o‘tishga rozilik bergan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay fikrini o‘zgartirdi.

"Goal" nashrining xabar berishicha, Xoylund mankunianliklar safida asosiy tarkib uchun kurashishni va yangi hujumchi Benyamin Sheshko bilan raqobatlashishni istayapti. Avvalroq, daniyalik futbolchi "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim kelasi mavsumda unga ishonch bildirmasligini bilgach, "Milan"ga o‘tishga qaror qilgandi.

"Rossonerilar" sport direktori Igli Tare futbolchini "Milan" bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirish maqsadida yana bir necha kun Angliyada qolmoqchi.

O‘tgan mavsumda Rasmus "Manchester Yunayted" safida 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!