
MYu himoyachisi yangi mavsumni "Lion"da boshlashi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Erik Bayi faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
L`Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli ivuarlik futbolchi “Lion”ning asosiy transfer nishoniga aylangan. Ular Bayi orqali o‘zlarining himoya markazlarini kuchaytirishni maqsad qilishmoqda.
Bu borada yana bir da’vogar “Arsenal” hisoblanadi. “Kanonirlar” Bayi uchun mankuanliklarga 23 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Bayi joriy mavsum MYu safida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar