MYu futbolchisi klubdan ketadi

  • 9 dekabr, 2020, 14:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard qishki trasnferlar vaqtida Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

Tecno

27 yoshli pleymeykerni joriy mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Real Sosedad” o‘z tarkibiga chorlamoqda. Ispaniyaliklar bu futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirgan.

Bir vaqtlar “Manchester Yunayted”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Lingard keyingi paytda murabbiy ishonchiga kira olmayapti. U joriy mavsumda Angliya chempionatida birorta uchrashuvda maydonga tushirilmadi.

Jessining klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Shundan so‘ng u erkin agent sifatida istalgan jamoaga tekinga qo‘shilishi mumkin. Manchester klubi rahbariyati angliyalik futbolchiga yangi bitim taklif qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!