
MYu de Xea o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi
"Manchester Yunayted" klubi shartnomani uzaytirishdan bosh tortayotgan darvozabon David De Xeani qo‘yib yuborishga tayyor.
The Metro nashrining xabar berishicha agar ispaniyalik posbon yozda jamoadan ketsa, “qizil iblislar” bor e’tiborini “Atletiko” darvozaboni Yan Oblakni sotib olishga qaratishadi. Ammo, mankuanliklarga uni qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘ladi. Boisi, sloveniyalik posbon bundan bir hafta muqaddam “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgan edi. Uning transferi hozirda 80 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Oblak joriy mavsum “Atletiko” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 34ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar