MYu darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

  • 27 iyun, 16:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali darvozabon Tom Xiton bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. 39 yoshli futbolchi yana bir mavsumga mehnat shartnomasi imzoladi.

Tecno

Xiton "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida darvozabon 2010 yilda "Kardiff Siti"ga erkin agent sifatida ketgunga qadar muntazam ravishda ijaraga olingan. Xiton 2021 yilning yozida "qizil iblislar" safiga qaytdi.

Umumiyt olganda, "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibida Tom Xiton uchta o‘yinda maydonga tushdi va qizig‘i shundaki, u birorta ham o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi.

"Manchester Yunayted" APLning o‘tgan mavsumini 15-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!