
MYu bir yil oldin Sanchoni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Ammo...
"Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sancho o‘tgan yil "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, o‘shanda nemis grandi “qizil iblislar” hujumchisi Meyson Grinvudni tarkibga qo‘shib olishni xohlagan va uning evaziga aynan Sanchoni berishni taklif qilgan. Ammo, mankunianliklar bu taklifga rozi bo‘lishmagan.
Sancho joriy mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 19 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Grinvud esa 38 ta o‘yinda ishtirok etdi va 14 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar