"MYu asosiy va zaxira darvozaboni sotib olishi kerak"

  • 17 aprel, 18:55
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" rahbariyati transferlar oynasida asosiy darvozabon bilan bir qatorda zaxira darvozabonini ham o‘zgartirish uchun jiddiy harakat qilishi kerak. Bu fikrni "talkSPORT" nashri jurnalisti Aleks Kruk bildirdi.

Jamoaning birinchi raqamli darvozaboni, kamerunlik Andre Onananing beqaror o‘yini uning "Nyukasl"ga qarshi chempionat o‘yinida asosiy tarkibdan chetda qolishiga sabab bo‘ldi. Zaxira darvozaboni Tomas Xiton esa hamon shartnomani uzaytirmagan va yozda jamoani tark etishi mumkin.

Krukning fikricha, hozirda "qizil iblislar" xarid qilishga asosiy nomzod sifatida "Sautgempton" darvozaboni Aaron Remsdeyl ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, "Parma"dan Zion Sudzuki, "Brayton"dan Bart Verbryuggen va "Byornli"dan Jeyms Trafford kabi nomzodlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!