
MYu APL to‘purarlaridan birini sotib olmoqchi
"Brentford" hujumchisi Brayan Mbeumo "Manchester Yunayted" qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" yozgi transfer oynasida 25 yoshli Mbeumoni qo‘lga kiritish uchun kurashga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Transfer summasi 70,2 million evroga etishi mumkinligi aytilmoqda.
Joriy mavsumda Kamerunlik futbolchi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Brayan Premer-liga to‘purarlari jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Mbeumoning "Brentford" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar