
MYu afsonasi: “Amorim bu borada ten Hagdan farq qiladi”
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Rio Ferdinand klubning yangi murabbiyiga aylangan Ruben Amorim haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
-Yaqinda Nani bilan gaplashdim. U menga, Amorim gapni aylantirmaydigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq gapiradigan inson ekanini aytdi. Menimcha, aynan shu xarizmasi bilan Ruben ten Hagdan katta farq qiladi,-dedi angliyalik sobiq himoyachi.
Portugaliyalik murabbiy MYuda 11 noyabrdan ishga kirishadi. Ungacha jamoani Rud van Nistelrooy boshqaradi.
“Qizil iblislar”ning navbatdagi o‘yini 3 noyabr "Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar