Muzokara boshlandi. “Barsa” Neymarni oladimi?

  • 28 fevral, 08:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yil boshida “Al-Hilol” bilan amaldagi shartnomani bekor qilib, o‘z yurti Braziliyaga jo‘nab ketgan Neymar yana Evropaga qaytishni rejalashtiryapti.

Tecno

Hozircha o‘zini tarbiyalagan “Santos”dan boshpana topgan 33 yoshli yulduzning asl maqsadi Kataloniyaga qaytib, “Barselona”da to‘p tepishdan iborat.

Taniqli jurnalist David Ornshteynning malum qilishicha, Neymarning agentlari “Barselona” bilan o‘yinchini ortga qaytarish bo‘yicha dastlabki muhokamalarni o‘tkazib bo‘ldi. Garchi bu transfer ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lsa-da, uni amalga oshirish imkoni borligi aytilmoqda.

Neymar 2013-2017 yillari “Barselona” sharafini himoya qilgan. Bu muddat ichida u 186 ta uchrashuvda ishtirok etib, 105 ta gol va 76 ta assist muallifi bo‘ldi.

2017 yili PSJ Neymar uchun 222 million evro to‘lab uni o‘z safiga qo‘shib oldi. Biroq PSJda Neymar atrofida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatlar tufayli u Frantsiya poytaxtini tashlab, 2023 yilning yozida Saudiya Arabistoniga yo‘l olishiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!