Muzaffarbek To‘raboev final yo‘lida kimga qarshi tatamiga chiqadi?

  • 1 avgust, 2024, 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muzaffarbek To‘raboev -100 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasining yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

Tecno

Vakilimizni ushbu bosqichda dunyoning 2-raqamli dzyudochisi ozarbayjonlik Zelim Kotsoevga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat taxminan 19:00 da boshlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Zelim Kotsoev 2022 hamda 2023 yilgi jahon chempionatida bronza, 2024 yilgi jahon chempionatida esa oltin medalni qo‘lga kiritgan. IJF reytingida 2-o‘rinda qayd etilgan.

-100 kg vaz toifasining ikkinchi yarim finalida esa gruziyalik Illia Sulamanidze hamda shveytsariyalik Daniel Eych bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
01/08/2024 17:05
Музаффар чемп
Дилшод Хамзаев
01/08/2024 17:17
Иншаоллоҳ Музаффар чемпион бўлади