Musiala "Bavariya" tarixiga kirishi mumkin

  • 4 dekabr, 2024, 17:16
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jamal Musiala "Bavariya" tarixidagi eng qimmat shartnomaga imzo chekishi mumkin.

Myunxen klubi yarim himoyachi bilan yangi shartnoma tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Musialaning maoshi yiliga 20 million evrodan oshishi kutilmoqda. Agar bu ro‘y bersa u Xarri Keyn va Robert Levandovski darajasida daromad oladi, deya xabar bermoqda "Bild" nashri.

Tecno

Shuningdek, shartnomaning umumiy summasi "Bavariya" uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ladi. Kelishuv 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, shu muddat davomida Musiala 100 million evrodan ortiq mablag‘ oladi.

Ma’lumot uchun, germaniyalik futbolchi Bundesliganing joriy mavsumida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!