
Murodjon Ahmadalievning jangiga oz muddat qolmoqda. Mashg‘ulotlar avjida (fotogalereya)
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF chempioni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (10-0, 7KO) navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 26 iyun tongida WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar hisoblangan Ronni Riosga (33-3, 17KO) qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatida joylashgan "Tech Port Arena"da bo‘lib o‘tadi.
Ahmadaliev mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
(foto Melini Pizano/Boxingscene.com)
Fikrlar