Murodjon Ahmadaliev yutqazsa, Eddi Xirn o‘z uyidan ayriladi

  • 17 dekabr, 2024, 13:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Taniqli promouter Eddi Xirn yurtdoshimiz Murodjon Ahmadalievning Naoya Inoueni mag‘lub etishiga ishonch bildirdi.

"WBA bu jangga ikki marta buyruq berdi. Birinchi safar Naoya tomon pul to‘lab, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchisida ham Murodjon bilan to‘qnashuvdan qutulish uchun yo‘l topishdi. To‘g‘ri, Naoya Inoue - bu vaznning afsonasi. Biz uni hurmat qilamiz. U ajoyib bokschi. Biroq unda bir narsa yo‘q. Bu - O‘zbek kuchidir. Ahmadaliev Inoueni mag‘lub qiladi. Unda barcha imkoniyatlar bor. Biz uni Yaponiyada engamiz. "Yo‘q, Naoya hech kimdan qo‘rqmaydi" deydiganlar ham bor. Ehtimol, u qo‘rqmas, lekin jamoasi qo‘rqadi, chunki boksdagi deyarli hamma Ahmadaliev kuchliroq ekanini yaxshi biladi. Bu - divizondagi yagona katta ahamiyatli jang. Men Murodjon Naoyani engishiga o‘z uyimni tikaman", - dedi Xirn.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz oxirgi jangida Rikardo Espinozani 3-raunddayoq taslim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!