
Murodjon Ahmadaliev va Ronni Rios jang qiladigan kecha uchun rasmiy poster e’lon qilindi (foto)
Xabar berganimizdek, Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF chempionlik kamarlarini majburiy da’vogar Ronni Riosdan himoya qiladi. 19 noyabr kuni Nyu-Gempshir shtatidagi "SNHU Arena"da bo‘lib o‘tadigan va DAZN platformasi orqali translatsiya qilinadigan ushbu kechaning asosiy bahsi o‘rta vazn toifasida WBO chempioni Demetrius Andrade va Jeyson Kuingli o‘rtasida bo‘lib o‘tsa, asosiy kadrni ochib beruvchi to‘qnashuvda o‘ta engil vazn toifasida WBC chempioni Xulio Sezar Martines MakUilliams Arroyoga qarshi ringga ko‘tariladi. Matchroom kompaniyasi mazkur boks oqshomi uchun rasmiy poster e’lon qildi.
Fikrlar