
Murod Rizaev: "SPORTS.uz Cup"da biz doim tilga oladigan "o‘lim guruhi" yo‘q!"
Saytimiz tomonidan sport jurnalistlari o‘rtasida "SPORTS.uz Cup" futzal turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Jarayon so‘ngida jamoa etakchilarining fikrlari bilan qiziqdik.
"Birinchi navbatda, mana shunday ajoyib tashabbus bilan SPORTS.uz sayti ijodkorlarini tabriklayman. Jurnalist va sharhlovchilarni nafaqat ijodda, balki maydonda ham ter to‘kib, bir-biri bilan kurash olib borishi, undan tashqari, yangilar bilan tanishish, do‘stlik munosabatini o‘rnatishi juda kerak. Vaqt o‘tmoqda, ijod maydoniga yosh jurnalistlar kirib kelyapti. Ular bilan ham tanishish imkoniyatini taqdim etishmoqda.
O‘ylaymanki, bu juda ham zo‘r tashabbus bo‘ldi. Barchasi do‘stona ruhda o‘tadi deb o‘ylayman. Biroz avval qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Jarayondan ko‘nglim butunlay to‘ldi. Hammasi chiroyli va ko‘ngildagidek bo‘ldi. Biz doim tilga oladigan "o‘lim guruhi" yo‘q. Barcha jamoalar teng kuchli.
Har ikki kvartetda bellashuvlar bir xil tempda qiziqarli o‘tishiga ishonaman. Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz. Ularga omad tilaymiz. Musobaqa chiroyli ruhda boshlanib, xuddi shu ruhda yakunlanishiga shubham yo‘q".
Murod Rizaev, "Sport" telekanali sharhlovchisi
Fikrlar