Mundialni "yondirgan" Bununing xizmatlariga "Bavariya" ehtiyoj sezmoqda

  • 17 dekabr, 2022, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" klubi va Marokash terma jamoasi posboni Yassin Bunuga "Bavariya" jamoasidan qiziqish bor. Bu haqda "Bayern & Germany Marca" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, posbonning tovon puli 50 million evroni tashkil etadi. U yanvar oyidayoq andalusiyaliklar safini tark etishi mumkin. Bir necha oy oldin Yassin klubi bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirgandi.

Ma’lumot o‘rnida, "Bavariya" klubi oyog‘ini sindirib olgan Manuel Noyer o‘rniga darvozabon sotib olishni rejalashtirgan. Avvalroq, myunxenliklar PSJ posboni Keylor Navasni sotib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!