
Mundialga Eron o‘rniga Italiya boradi?! FIFA prezidenti ham bu haqda gapirdi
FIFA prezidenti Janni Infantino joriy yil Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida Eron terma jamoasi o‘rniga Italiya ishtirok etishi borasidagi gap-so‘zlarni inkor qildi.
"Jiddiy bo‘laylik, iltimos..." dedi Janni Infantino bu haqdagi savolga javoban.
U, shuningdek, Italiya Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmasligini o‘ylab, "yig‘lagisi kelganini" tan oldi.
“Biz jahon chempionatini har 2 yilda o‘tkazishni muhokama qilmoqdamiz, chunki bu turnir aql bovar qilmaydigan hissiyotlarni keltirib chiqaradi.
Italiya mundallarda deyarli har doim ishtirok etib kelgan, boshqa davlatlar ham ushbu turnirda tez-tez qatnashishni xohlaydi. Bu borada boshqa mamlakatlarga ko‘proq umid berish nihoyatda muhim”, - dedi FIFA prezidenti.
Bundan avvalroq FIFA ijroqo‘m a’zosi Evelina Kristillin Eronning ham Eronning JCh-2022dan chetlatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etgan edi.
Fikrlar