
Muhsin Hisomiddinov Surxondaryoda “Yil yoshlari-2022” sifatida e’tirof etildi
4 karra Jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempioni, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Muhsin Hisomiddinovning titulida endi “Yil yoshlari-2022” mukofoti ham bor.
Kecha 8 dekabr kuni Surxondaryo viloyati (O‘zbekiston) hokimi To‘ra Bobolov yakunlanayotgan yil davomida fan, ta’lim, sport, madaniyat va san’atda hamda boshqa yo‘nalishlarda ko‘plab yutuqlarga erishgan, har sohada faollik ko‘rsatayotgan mingga yaqin yoshlar bilan uchrashdi. Viloyat rahbari bir guruh yoshlarga pul mukofotlari, sovg‘alar va mahallalar uchun sport anjomlari to‘plamlarini tantanali topshirdi.
E’tiborli jihati mazkur tadbirda taniqli Kurashchi Muhsin Hisomiddinov “Yil yoshlari-2022” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi. Shuningdek, Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida 3 karra Jahon chempioni Mohinur Mo‘minova, Kurash bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlari Yulduz Muhammadieva, Sitora Xusanova,Xojar Shapaatova va Osiyo bolalar o‘yinlari-2022 g‘olibi Durdona Tursunovalar ham viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Fikrlar