Muhammadali O‘rinboev: “Paxtakor” - iste’dodlar “uyasi”!

  • 1 noyabr, 2024, 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliganing 23-turida "Paxtakor" Toshkentda "Andijon"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.  Shu kuni Muhammadali O‘rinboev "sherlar" safidagi debyut golini kiritdi. Yosh iqtidor egasi o‘yindan so‘ng klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

- Avvalo g‘alaba bilan barchani tabriklayman. YoTJ o‘yinlari tufayli so‘nggi o‘yinlarni o‘tkazib yubordik. Muhimi terma jamoa bilan Osiyo Kubogiga yo‘l oldik. Bugungi o‘yin qiziqarli bo‘ldi. Golimga kelsak, bu kunni uzoq kutdim. Keyingi mavsumda bunday o‘yinlarimiz ko‘p bo‘lishiga va bunda o‘zim ham ishtirok etishga harakat qilaman. Jamoamizda sifatli futbolchilar juda ko‘p. “Paxtakor” bu borada mamlakatning eng yaxshi jamoasi, bizning klub iste’dodlar “uyasi”. 

Ma’lumot uchun, "Paxtakor" ortda qolgan 23 turdan so‘ng Superliga turnir jadvalida 38 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Nasaf" hisobida 49 ochko mavjud. 39 ochkoga ega OKMK esa ikkinchi o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!