Muhammad Salohning keyingi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

  • 20 sentabr, 2024, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi paytdagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanadi.

Tecno

Aksariyat manbalar misrlik futbolchining Angliyadan ketishini yozmoqda.

Todofichajes nashri Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistoni Professional ligasida davom ettirishga moyilligini ma’lum qildi. U erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga qo‘shilishi kutilmoqda.

“Al-Ittihod” anchadan beri Salohni olishni ko‘zlab yuribdi. Ular hujum chizig‘ida Karim Benzema va Muhammad Saloh tandemini tashkil qilmoqchi. Qolaversa, shayxlar 32 yoshli misrlik to‘purarni liganing eng katta maosh oladigan o‘yinchilari qatoriga qo‘shishga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!