Muhammad Salohga rad etib bo‘lmaydigan shartnoma beriladi

  • 26 yanvar, 15:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh faoliyatini qaerda davom ettirishi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

Joriy mavsum chempionlikka asosiy da’vogar bo‘lib turgan liverpulliklar hali o‘z etakchisini yangi bitimga ko‘ndira olgani yo‘q. Buning oqibatida yozda erkin agentga aylanadigan misrlik futbolchini qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan jamoalar ko‘payib bormoqda.

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi masala bir urinishdayoq hal qilmoqchi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, bu jamoa xo‘jayinlari Muhammad Saloh rad eta olmaydigan juda katta shartnoma tayyorlab qo‘ydi.

Shayxlar 32 yoshli to‘purarga uch yillik shartnoma bermoqchi. Ular tajribali to‘purarni ligada eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirmoqchi ekanini avval ham bir necha marotaba e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!