
Muhammad Saloh “Liverpul” yulduzi bilan ziddiyatga borganini tan oldi
“Liverpul”da yana ikki yil qolishga rozilik bergan Muhammad Saloh sobiq jamoadoshi Sadio Mane bilan munosabatlarida ziddiyat bo‘lganini aytib o‘tdi.
- Sadio bilan munosabatlarimizda ziddiyat bo‘lgani rost. Lekin biz doim professional bo‘lib qolganmiz va o‘zaro munosabatlarimiz jamoa o‘yiniga umuman ta’sir o‘tkazmagan.
Har bir buyuk o‘yinchilar kattaroq va ko‘proq narsaga erishishni istaydi va men buni to‘g‘ri qabul qilaman. Sadio Mane haqiqiy jangchi.
Odamlar og‘ziga kelganini gapiraveradi. Lekin men ularga shuni eslatib o‘tmoqchiman: Sadio Manega eng ko‘p golli pas uzatgan men bo‘laman. Bu fakt. Ammo ko‘pchilik haqiqatni olib chiqishdan ko‘ra, shov-shuvli sarlavhalar qo‘yishni ma’qul ko‘radi. Media qanday ishlashini yaxshi bilaman.
Vijdonim pok. Agar hammasi o‘zaro hurmat asosida qolsa, bunga e’tirozim yo‘q. Lekin hech narsa, g‘iybatni haqiqatga aylantira olmaydi, - dedi Muhammad Saloh.
Ta’kidlash joizki, Sadio Mane hozir Saudiya Arabistonining “An-Nasr” o‘yinchisi hisoblanadi.
Fikrlar