
Muhammad Saloh Kevin de Bryuyne bilan birga olislarga ketishi mumkin
Angliya Premer-ligasining eng yorqin yulduzlari Muhammad Saloh va Kevin de Bryuyne yozda AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ayni paytda “Liverpul” xo‘jayinlari yozda shartnomasi tugaydigan misrlik hujumchini uzoqroq muddat jamoada olib qolishga harakat qilyapti. Biroq, Saloh hali yakuniy qarorini aytgani yo‘q.
“Manchester Siti” esa Kevin de Bryuyneni qo‘yib yuborishga qarshi emas va uning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yuborgan.
TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, AQSh chempionatida ishtirok etayotgan “San-Diego” klubi ikki futbolchini ummonortiga olib kelmoqchi.
Ekspertlar amerikaliklarga bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. Chunki ikki yulduzga Evropaning o‘zidan va Saudiya Arabistonining badavlat klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar