
Muhammad Saloh Ispan grandiga o‘tadigan bo‘lyapti
“Livepul” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Muhammad Saloh yozda Angliya Premer-ligasini tark etishi kutilmoqda.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. “Liverpul” xo‘jayinlari misrlik to‘purarni jamoada olib qolishga harakat qilmoqda. Biroq Saloh ularning taklifini qabul qilganicha yo‘q.
Briatniyaning FourFourTwo nashri afrikalik futbolchi “Real”ga o‘tishni mo‘ljallayotgani haqida yozmoqda. Agar bu transfer o‘xshamasa, zaxira varianti sifatida PSJ ham bor. Ispaniya va Frantsiya chempionlari o‘z vaqtida Muhammad Salohga jiddiy qiziqish bildirgan.
Aslida Saloh Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilayotgan edi. Biroq o‘yinchi yoshi o‘tayotganiga qaramay, jismoniy tayyorgarligi yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Bu holat Evropa grandlarining o‘yinchi bilan shartnoma imzolash istagini kuchaytirib yubordi.
Fikrlar