
Muhammad Saloh bu jamoaga o‘tish uchun maoshi pasayishiga rozi
“Liverpul” Evropa Chempionlar ligasidan kutilganidan ancha erta chiqib ketdi. Arne Slot shogirdlari Parijdan g‘alaba bilan qaytaniga qaramay, “Enfild”dagi penaltilar seriyasidan keyin PSJni keyingi bosqichga o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Liverpulliklar etakchisi Muhammad Saloh bu mag‘lubiyatni ko‘zida yosh bilan qabul qildi. Snggi ma’lumotlarga qaraganda, endi misrlik futbolchi muhitni o‘zgartirmoqchi.
Salohning agentlari hali hamon “Liverpul” bilan yangi hamkorlik bo‘yicha aloqani ushlab turibdi, biroq klubni xursand qiladigan hech qanday yangilik yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, yozda erkin agentga aylanadigan Muhammad Salohning xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilishdi. Kataloniyaliklar jahon futbolining eng zo‘r to‘purarlaridan birini bepul transfer qilishga tayyor.
Muhammad Salohning o‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tish uchun maoshining pasaytirilishiga rozi ekani aytilmoqda.
Bu tomondan Saudiya Arabistoni klublari Salohning kelishini kutmoqda. Ular 32 yoshli futbolchini ligada eng katta maosh oladigan yulduzga aylantirishga va’da bergan.
Fikrlar