Muhammad Saloh, gol urishni mana shu futbolchidan o‘rgan!

  • 29 aprel, 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya chempionatining 31-turida “Sporting”ning hujumchisi Viktor Dyokeresh “Boavishta” darvozasiga to‘rtta gol urib, jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Tecno

Shvetsiyalik forvard pokerdan keyin “Oltin butsa” uchun kurashda peshqadamga aylandi. Dyokereshning chempionatda kiritgan gollari soni 38 taga ketdi.

Shu tariqa, 57 ball to‘plagan 26 yoshli to‘purar “Oltin butsa” poygasida “Livepul” futbolchisi Muhammad Salohni ortda qoldirdi.

Ta’kidlash joizki, Portugaliya chempionatida gollarning koeffitsienti 1,5 teng. Ya’ni, bitta gol 1,5 ga ko‘paytirilsa, to‘purar jamg‘argan ball kelib chiqadi.

Angliya Premer-ligasiga berilgan koeffitsientga ko‘ra, har bir gol ikkiga ko‘paytiriladi. “Liverpul” etakchi joriy chempionatda 28 ta to‘p kiritgan va uning “Oltin butsa” uchun to‘plagan balli 56 ochkoni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!