Muhammad Bin Salmon nega Messi va Ronalduni Saudiyaga chorlamoqda?!

  • 29 yanvar, 2021, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni so‘nggi yillarda turizmni rivojlantirish maqsadida katta ishlar olib bormoqda. Xorijlik mehmonlarni chorlash maqsadida katta investitsiya kiritildi. Yangi mehmonxonalar qurilishi boshlandi. Bunda valiahd shahzoda Muhammad Bin Salmonning o‘rni katta.

Tecno

jierfjijerfjierfjire

Bin Salmon yaqinda tashqi ishlar vaziri va xalqaro aloqalar bo‘limi rahbarlariga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini reklamada suratga tushishi lozimligi haqida buyruq bergan. Hozircha, ushbu buyruqning qay darajada amalga oshirilayotgani haqida hech qanday ma’lumotlar ayon emas, biroq «The Telegraph» o‘z insayderlari orqali vaziyatga oydinlik kiritishga qaror qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchilarga Saudiya Arabistoni turizm vakillari yiliga 6 million evrolik shartnoma taklif etgan. Bu orqali, ular futbolchilarning imijidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishni reja qilmoqda. Hozircha, ikkita futbolchi ham takliflarga rad javobini bergan. Bunga ularda etarlicha asoslar mavjud.

Aslida, arab mamlakatlarida bunday piar kampaniyalarning tashkil etilishi odatiy hol. Mamlakat rahbarlari xorijlik bloger va sayohatchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga ham tayyor. Valiahd shahzodaning buyrug‘iga binoan, Saudiya turizm rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun xorijlik jurnalistlar e’tibori juda muhim.

Gap shundaki, kelasi oyda «Saudiyaga xush kelibsiz», deb nomlangan kattagina turizm reklama ekran yuzini ko‘radi. Bu rolik sayyoramizning deyarli barcha taniqli telekanallarida aylanishi ko‘zda tutilgan. Hozir bu reklama roligi Buyuk Britaniyaning deyarli barcha telekanallarida aylanmoqda. Taniqli futbolchilar esa, bu roliklarida asosiy rolda bo‘lishi rejaga kiritilgan. Shu tariqa, bu roliklar virus singari butun dunyoni qamrab olishi ko‘zda tutilgan. Inson huquqlari bilan muammolar o‘chog‘iga tushib qolgan Saudiya Arabistonining reputatsiyasini oshirish va uni turistlar uchun chiroyli maskan qilib ko‘rsatish juda muhim. Buning uchun Bin Salmon reklama orqali ishga kirishdi.

jierjierjige

Allaqachon xorijlik blogerlarni «ishga» solish ishlari boshlanib ketdi. Rossiya va ukrainalik blogerlarga Saudiya Arabistoni vakillari quyidagi takliflar bilan chiqqan:

* 5 kun davomida barcha sayilgohlarda bo‘lish, eng qimmat mehmonxonada hordiq chiqarish va «Formula E» uchun vip chipta.

* 9 kunlik tur davomidagi barcha xarajatlarni qoplash. Barcha biznes markazlardagi insonlar bilan aloqaga chiqish imkoniyati, mamlakatdagi barcha eshiklarni ochib berish va har qanday vaziyatda davlat muhofazasida bo‘lish.

* Eksterimal sport turlari uchun mo‘ljallangan 500 milliardlik shahar - Noemga sayohat.

* Har qanday san’at va siyosatga oid tadbirlarda bepul ishtirok etish. Saudiyadagi qishki muz saroyida ham bepul hordiq chiqarish imkoniyati.

oerkkreokrere

Ushbu imkoniyatlar evaziga, bor yo‘g‘i bloger va jurnalistlardan mamlakatdagi imkoniyatlar haqida post qoldirish talab etiladi xolos. Ayrimlar bu takliflarni qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar buni rad etdi. Ekoblogerlar sanalgan Bret Lav va Merri Gebbetlar Saudiyadan kelib tushgan taklifni qabul qilmadi. Bunga, blogerlar Saudiyaning turli janjallar o‘chog‘i ekanligini bahona qilib ko‘rsatishgan.

Aslida, bu kompaniya Ronaldu yoki Messisiz ham katta muvaffaqiyat qozonishi mumkin edi, biroq Jamal Xashoggining o‘limi, voqealar rivojini keskin o‘zgartirib yubordi. Qirol va uning oilasini tanqid qilgan jurnalist, Turkiyada o‘ldirilgach, xorij nashrlari Saudiyani deyarli ikkinchi Shimoliy Koreyaga aylantirib yubordi.

kokotkort

Aynan shu sababli, Ronaldu va Messi Saudiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, bu ularning juda baland reputatsiyasi uchun keskin zarba berishi mumkin.

Shu bois, Valiahd  juda yumshoq pir kompaniyasini ishga tushirib yubordi. Uning fikricha, Ronaldu va Messini birga reklamada suratga olish, misli ko‘rilmagan effekt berishi lozim. Shahzoda Bin Salmon 2030 yilga kelib, mamlakatni neft savdosiga qaram bo‘lib qolishdan qutqarishni reja qilgan. U davlat byudjetida pullar bor paytda, turistik markaz qurishni rejalashtirmoqda. Qahramonimiz bundan 10 yil ilgari rahbarlik lavozimini egallagan bo‘lib, hozirda Saudiya taxti uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

jijierjfierjfe

Xorijda o‘qib kelgan Muhammad Bin Salmon bugungi kunda Saudiyani turizm va biznes markazga aylantirish orzusida. Buning uchun unga Ronaldu va Messi singari brendlar yordam berishi mumkin. «The Telegraph»ning ma’lum qilishicha, tez orada «VIsit Saudiya» reklama kompaniyasi futbolchilar uchun yangilangan va yaxshilangan kontraktlar taklif etishni reja qilmoqda. Balki ikkinchi urinishda Messi va Ronaldu birga suratga tushishga rozilik bildirar?! Voqealar rivojini SPORTS.uz da kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!