
Mourinoning agenti o‘z mijozini “Roma”ga “tiqishtiryapti”
Joze Mourinoning manfaatlarini himoya qilayotgan agent Jorje Mendesh o‘zi ishlayotgan futbolchilardan biri – Serjiu Oliveyrani “Roma”ga joylamoqchi.
Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.
Jorje Mendesh ayni paytda “Portu” sharafini himoya qilayotgan portugaliyalik futbolchining xizmatlarini Rim klubiga taklif qilgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Portu” rahbariyati 29 yoshli yarim himoyachiga qishda yaxshi taklif tushadigan bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga va’da bergan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Roma” hozir to‘liq transferni ko‘tara olmaydi va klub rahbariyatiga Mendeshning taklifi ma’qul kelgan taqdirda, ular Serjiu Oliveyrani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin.
Oliveyra joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda qatnashib, raqib darvozasiga beshta to‘p kiritdi. Uning portugaliyaliklar bilan amadagi shartnomasi 2025 yilning yoziga tuzilgan.
Fikrlar