
Mourinoga haydagan futbolchi to‘rt klub o‘rtasida talash bo‘lmoqda
“Roma” himoyachisi Rik Karsdorp jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning qaroridan xafa bo‘lmasa ham bo‘ladi.
Mourino klubdan ketishini uqtirgan qanot himoyachisiga jiddiy klublardan taklif bo‘lmoqda.
Hozirning o‘zida Karsdorpga Frantsiyaning eng kuchli klublaridan hisoblangan “Marsel” va “Lion”dan chorlov bo‘lyapti. Bundan tashqari, Italiya chempionatining o‘zida “Yuventus” niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Endi futbolchi uchun kurashga “Milan” ham qo‘shildi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Rim klubi rahbariyati Rik Karsdorpni keyinchalik sotib olish majburiyatini bo‘yniga olgan jamoalarga ijaraga jo‘natishga tayyor.
Fikrlar