
Mourinodan yana bir ajoyib natija
Joze Mourino boshchiligidagi "Tottenxem" kecha APLning 33-turida "Everton"ni (1:0) engdi.
E’tiborlisi, bu portugaliyalik mutaxassis uchun premer-ligada qozonilgan 200-g‘alaba bo‘ldi. Buning uchun unga 326 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu borada Mourinodan faqatgina "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson oldinda xolos. Shotlandiyalik mutaxassis 200 ta g‘alabaga bor yo‘g‘i 322 ta o‘yin sarflagan xolos.
Mourinyu shuningdek, APLda 200 ta o‘yinda zafar quchgan tarixdagi 5-murabbiyga aylandi. Bungacha ushbu nomga Fergyuson (528), Arsen Venger (476), Xarri Rednapp (236) va Devid Moyes (207) sazovor bo‘lgandi.
Fikrlar