Mourino transferni blokladi

  • 15 yanvar, 2023, 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourino foydalanmayotgan o‘yinchilardan tezroq qutilish yo‘llarini qidirmoqda.

Tecno

Xususan, bu mutaxassis iste’dodli yarim himoyachi Edoardo Bovedan bir necha transfer operatsiyalarida foydalanmoqchi bo‘ldi.

Bunday tashqari, Bovega “Lechche”, “Sassuolo” va “Salernitana” kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Joze Mourino esa, o‘zi kashf qilgan yosh o‘yinchining ketishini bloklab qo‘ydi. Bosh murabbiy Boveni og‘ir jarohatdan endi qutilgan Jorjino Veynaldumga  munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Agar mavsumning qolgan qismida niderlandiyadik futbolchi Mourino talabi darajasida o‘ynasa va uning transferi PSJdan to‘liq sotib olinsagina, Bovening ketishiga ruxsat beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!