
Mourino "Tottenxem" futbolchisi bilan janjallashib qoldi
"Tottenxem" himoyachisi Denni Rouz va jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtasida yakshanba kungi mashg‘ulotlarda kelishmovchilik yuz bergan, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Nashrga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi APL doirasida "Uotford"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani uchun Mourino bilan janjallgan.
Manba Rouz va Mourino o‘rtasidagi suxbat chog‘ida futbolchi ustoziga baland ovozda u bilan tortishganligi va bu esa uning jamoadoshlariga yoqmaganini xabar qilgan.
Oldinroq, himoyachi Angliya kubogi doirasida "Midlsbro"ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar